2027/28 mavsumiAriza oynasi: 2027-yil 10-yanvar – 20-fevral

Türkiye Bursları — Turkiya davlat granti bilan bepul ta'lim

Turkiyaning istalgan davlat universitetida bepul o'qish, yotoqxona, aviabilet, oylik stipendiya va tibbiy sug'urta — barchasi bir dastur ichida. Next Study bilan ro'yxatdan o'tishdan suhbatgacha to'liq yordam oling.

Dastur imkoniyatlari

Türkiye Bursları nimalarni bepul beradi?

Turkiyadagi universitet kampusi
100% bepul
O'qishdan sug'urtagacha — hech qanday to'lovsiz

Turkiyaning istalgan davlat universitetida (12 tadan ortiq) bepul ta'lim

Bepul borish-kelish aviabiletlari

Universitet yotoqxonasi

Kuniga 2 mahal issiq ovqat

Tibbiy sug'urta (kasal bo'lib qolsa bepul davolanish)

Boshqa xorijiy talabalar bilan Turkiya bo'ylab bepul sayohatlar

Bepul turk tili kurslari (turk tilini bilmaganlar uchun 1 yillik to'liq bepul kurs)

Yo'nalishga qarab qo'shimcha bepul kurslarga qatnashish imkoniyati

Yillik taqvim

Ariza jarayoni qanday kechadi

01

Ariza topshirish oynasi

2027-yil 10-yanvar – 20-fevral

02

Baholash jarayoni

Mart – Aprel – May

03

Suhbat bosqichi

Iyun – Iyul

04

Natijalar e'lon qilinishi

Avgust boshi

05

Boshlang'ich rasmiylashtirish (hujjat/viza)

Avgust

06

Turkiyaga jo'natish

Sentabr

07

O'qish boshlanishi

Sentabr

Suhbat bosqichi

Suhbatga qanday tayyorlanish kerak?

Qayerda: Toshkent yoki Samarqanddagi Turkiya elchixonasida

Kim bilan: Turk universitetlari vakillari yoki tanlangan soha mutaxassislari

Til: nomzod o'zi xohlagan tilda javob beradi — O'zbek, Turk, Ingliz, Rus

  • Magistratura va Doktorantura — faqat suhbat asosida qabul qilinadi (test yo'q)
  • Bakalavr — suhbatdan tashqari test ham bor: 30 ta matematika va 10 ta IQ/mantiq savoli (ahamiyati tanlangan yo'nalishga bog'liq)

Namunaviy suhbat savollari

  • 1
    O'zingiz haqingizda gapirib bering
  • 2
    Nima uchun grant dasturiga topshiryapsiz
  • 3
    Nima sababdan Turkiyani tanladingiz
  • 4
    Oldingi o'qish/ish joyingiz
  • 5
    Kelajakdagi maqsadlaringiz
Kerakli hujjatlar

Bosqichingizni tanlang va hujjatlar ro'yxatini ko'ring

  • Passport (qizil/yashil/ID karta — farqi yo'q), PDF
  • 9-sinf shahodatnomasi (asl nusxa, PDF)
  • 11-sinf attestat yoki kollej/AK litsey diplomi + ilova (asl nusxa, PDF) — hali o'qiyotgan bo'lsangiz, joriy baholar hujjati
  • Niyat xati (motivatsiya xati)
  • 1-2 ta o'qituvchi/murabbiydan tavsiyanoma
  • Yutuqlar: sertifikat, diplom, medal, faxriy yorliq (mavjud bo'lsa)
  • TÖMER til sertifikati (mavjud bo'lsa)
Yo'nalishlar

177 ta yo'nalish orasidan tanlang

Türkiye Bursları (Turkiya Granti) va ISDB 2025 dasturlari doirasidagi yo'nalishlar ro'yxati.

Aerokosmik muhandislikENG
Aloqa dizayni va boshqaruvi
Arxeologiya va san'at tarixiENG
Arxitektura
ArxitekturaENG
Atrof-muhit muhandisligi
Atrof-muhit muhandisligiENG
Avtomobil muhandisligi
Axborot tizimlari muhandisligi
Axborot va yozuvlarni boshqarish
Biokimyo
Biologiya
BiologiyaENG
Biologiya o'qitish
Biomedikal muhandisligi
Biomedikal muhandisligiENG
Biznes va menejment
Biznes va menejmentENG
Bog'dorchilik
Bola rivojlanishi
Boshlang'ich sinf matematika o'qitish
Boshqarish va avtomatlashtirish muhandisligi
Boshqarish va avtomatlashtirish muhandisligiENG
Boshqaruv axborot tizimlari
Boshqaruv axborot tizimlariENG
Dala ekinlari
Dengiz arxitekturasi va dengiz muhandisligi
Dengiz biznesini boshqarish
Dengiz biznesini boshqarishENG
Dengiz muhandislik operatsiyalari
Dengiz transporti va boshqaruvi muhandisligi
Dengiz transporti va boshqaruvi muhandisligiENG
Dorixona
DorixonaENG
Doyalik
Ekonometrika
Elektr va elektron muhandislik
Elektr va elektron muhandislikENG
Elektrotexnika
ElektrotexnikaENG
Elektronika va aloqa muhandisligi
Elektronika va aloqa muhandisligiENG
Energiya tizimlari muhandisligi
Fanlar tarixi
Favqulodda vaziyatlar va ofatlarni boshqarish
Gastronomiya va pazandalik san'ati
Geologiya muhandisligi
Geologiya muhandisligiENG
Hamshiralik
Hayvonot fanlari
Hozirgi turk lahjalari va adabiyotlari
Huquq
Dasturiy ta'minot muhandisligi
Davlat boshqaruvi
Fan o'qituvchilari malakasini oshirish
Fizika
FizikaENG
Fizika ta'limi
Fizika muhandisligi
Ijtimoiy xizmat
Ilohiyot
IlohiyotARAB
IlohiyotENG
Iqtisodiyot
IqtisodiyotENG
Iqtisodiyot va moliya
Islom ilohiyot
IslomshunoslikARAB
Istanbul tibbiyoti
Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama
Jismoniy terapiya va reabilitatsiya
Jurnalistika
Kemasozlik va okean muhandisligi
Kimyo muhandisligi
Kimyo muhandisligiENG
Kimyo
KimyoENG
Kimyo o'qitish
Kino va televideniya
Kompyuter ta'limi va o'qitish texnologiyasi
Kompyuter muhandisligi
Kompyuter muhandisligiENG
Kon muhandisligi
Kon muhandisligiENG
Ko'chmas mulkni rivojlantirish va boshqarish
Landshaft arxitekturasi
Logistika boshqaruvi
Maktabgacha ta'lim
MarketingENG
Matematika
MatematikaENG
Matematika o'qitish
Materialshunoslik va muhandislikENG
Maxsus ta'lim o'qituvchilarini tayyorlash
Media va tasviriy san'atENG
Meram tibbiyoti
Metallurgiya va materiallar muhandisligi
Metallurgiya va materiallar muhandisligiENG
Meteorologiya muhandisligi
Mexanik muhandislik
Mexanik muhandislikENG
Mexatronik muhandislik
Mexatronik muhandislikENG
Moda dizayni
Molekulyar biologiya va genetika
Molekulyar biologiya va genetikaENG
Moliya va bank ishi
Moliya va bank ishiENG
Muzeyshunoslik
Neft va gaz muhandisligiENG
Ommaviy axborot vositalari va aloqa
O'rmon muhandisligi
Oziqlantirish va dieta
Oziq-ovqat muhandisligi
Oziq-ovqat muhandisligiENG
Poyafzal dizayni va ishlab chiqarish
Psixologiya
PsixologiyaENG
Qishloq xo'jaligi va Biotexnologiya
Qishloq xo'jaligi va iqtisodiyot
Qishloq xo'jaligi mashinasozlik muhandisligi va texnologiya
Qishloq xo'jaligi tuzilmalari va irrigatsiya
Qurilish ishi
Qurilish ishiENG
Radio/Televizion/Kino
Sanoat dizayni
Sanoat muhandisligi
Sanoat muhandisligiENG
Shahar dizayni va landshaft arxitekturasiENG
Shahar va mintaqaviy rejalashtirish
Shahar va mintaqaviy rejalashtirishENG
Sinfda o'qitish
Siyosatshunoslik
Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar
Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlarENG
Siyosatshunoslik-davlat boshqaruvi
Siyosatshunoslik-davlat boshqaruviENG
Sog'liqni saqlashni boshqarish
Sotsiologiya
SotsiologiyaENG
Statistika
StatistikaENG
Statistika va Kompyuter fanlari
Stomatologiya
StomatologiyaENG
Suv yetishtirish muhandisligi
Sun'iy intellekt va ma'lumotlar fanlariENG
Sun'iy intellekt muhandisligiENG
Sut texnologiyasi
Tarix
TarixENG
Teri muhandisligi
Tibbiyot
Tibbiyot (Cerrahpasha)
TibbiyotENG
Tibbiyot (Cerrahpasha)ENG
Tuproqshunoslik va o'simliklarning oziqlanishi
To'qimachilik muhandisligiENG
Turizm boshqarish
Turizm boshqarishENG
Turk tili va adabiyot
Turk tili o'qitish
Veterinariya
VeterinariyaENG
Xalqaro aloqalar
Xalqaro aloqalarENG
Xalqaro savdo va biznes
Xalqaro savdo va biznesENG
Xalqaro savdo va moliya
Xalqaro savdo va logistika
Xalqaro savdoENG
Xalqaro tibbiyot
Xarita muhandisligi
Xarita muhandisligiENG
Yo'l-yo'riq va psixologik maslahat
Yo'l-yo'riq va psixologik maslahatENG
Zargarlik va zargarlik buyumlari dizayni
Next Study xizmat tariflari

2027/28 mavsumi uchun tariflar

Türkiye Bursları — har yili minglab talabalar ariza topshiradigan musobaqali dastur. Next Study orqali topshirilgan hujjatlar professional tarzda tayyorlanadi, niyat xati va suhbat alohida tayyorgarlikdan o'tkaziladi — bu grant yutish ehtimolini sezilarli oshiradi. Grant natijasi kutilganidek chiqmasa ham, tanlagan tarifingizga ko'ra Turkiyada talaba bo'lish imkoniyati kafolatlangan qoladi.

STANDART
1,600,000 so'm

To'liq xizmat — o'tgan yilgi "hammasi kirgan" paket bilan bir xil qamrov

  • Türkiye Bursları'ga ro'yxatdan o'tkazish
  • Niyat xati (motivatsiya xati) yozib berish
  • Suhbatga tayyorgarlik
  • Transfer xizmati (Turkiyada kutib olish/jo'natish)
  • Shaxsiy menejer
  • Grant yutolmasa — 50% dan 75% gacha grant bilan joylashtirish kafolati
Tanlash
⭐ Eng zo'r tanlov
MULTI
3,800,000 so'm

STANDART'dagi hammasi, plus bir vaqtning o'zida 4 ta davlat granti dasturiga ariza:

Türkiye BurslarıDiyanet BurslarıRuminiya davlat grantiStipendium Hungaricum
  • Yutolmagan taqdirda — hamkor universitetlarda 50%-75% grant bilan joylashtirish
Tanlash
VIP
11,700,000 so'm
3 qismga bo'lib to'lash mumkin

MULTI'dagi hammasi, plus:

  • 4 ta dasturning birortasida ham yutolmasa — kamida 5, ko'pi bilan 15 ta hamkor Turkiya universitetiga kafolatlangan qabul
  • Arzonlashtirilgan (chegirmali) davlat universitetlariga kirishda ko'maklashish
  • O'qishga kirgandan keyin ham Turkiyaga to'liq moslashguncha davom etadigan qo'llab-quvvatlash
  • Aynan shu talaba uchun biriktirilgan shaxsiy menejer
Tanlash

Barcha tariflarga umumiy qo'shimcha xizmatlar

  • Yo'nalish va universitet tanlashda mutaxassis yordami
  • Muddat/status eslatmalari (Telegram bot/guruh orqali)
  • Hujjatlarni portalga yuklashdan oldin professional tekshiruv
  • 3 bosqichli mock-suhbat (simulyatsiya) + fikr-mulohaza, jumladan o'tgan yili grant yutgan talaba bilan suhbat
  • Barcha ro'yxatdan o'tganlar uchun yopiq Telegram guruh (savol-javob, yangiliklar)
  • Turkiyaga jo'nashdan oldingi orientatsiya (valyuta, uy-joy, madaniy moslashuv)
  • Rasmiy imzolangan shartnoma/kafolat hujjati

Qo'shimcha chegirmalar

15%
Xalqaro til sertifikati C1 va undan yuqori
15%
Oxirgi 2 yil barcha fandan "a'lo" baho
10%
2 va undan ortiq do'st bilan birga kelish

Mezonlar qo'shilaveradi, lekin umumiy chegirma har qanday holatda ham 30% dan oshmaydi.

Ro'yxatdan o'tish

Hozirdan ro'yxatdan o'ting — ariza 2027-yil 10-yanvarda ochiladi

Türkiye Bursları musobaqali dastur — har yili minglab arizadan faqat puxta tayyorlangan nomzodlar tanlanadi. Next Study orqali topshirilgan hujjatlar, niyat xati va suhbat tayyorgarligi grant yutish ehtimolingizni sezilarli oshiradi.

Har qanday holatda ham natija bor
Grant yutilmasa ham, tanlagan tarifingizga ko'ra Turkiyada talaba bo'lish kafolatlanadi

Dastur shartlari va muddatlari Turkiya hukumati tomonidan har yili yangilanadi. Aniq va rasmiy ma'lumot uchun turkiyeburslari.gov.tr saytini ham tekshirishni tavsiya etamiz.

Türkiye Bursları'ga ro'yxatdan o'ting

Ma'lumotlaringizni qoldiring — Next Study mutaxassisi siz bilan bog'lanadi

Arizani yuborish orqali siz bizning maxfiylik siyosatimizga rozilik bildirasiz

Ko'p beriladigan savollar

Türkiye Bursları haqida savollaringiz bormi?

Türkiye Bursları nima va grant nimalarni qamrab oladi?

Türkiye Bursları — Turkiya hukumati tomonidan xorijiy talabalarga beriladigan davlat granti. U 12 tadan ortiq davlat universitetida bepul ta'lim, borish-kelish aviabileti, universitet yotoqxonasi, kuniga 2 mahal issiq ovqat, tibbiy sug'urta va turk tilini bilmaganlar uchun 1 yillik bepul til kursini o'z ichiga oladi.

Ariza qachongacha topshiriladi?

Ariza har yili 10-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi — 2027/28 o'quv yili uchun bu 2027-yil 10-yanvar – 20-fevral oralig'i. Natijalar avgust boshida e'lon qilinadi, hujjatlar va viza avgustda rasmiylashtiriladi, o'qish esa sentyabrda boshlanadi. Next Study'da hozirdan ro'yxatdan o'tib, hujjatlarni oldindan tayyorlash mumkin.

Suhbat (intervyu) qanday o'tadi?

Suhbat Toshkent yoki Samarqanddagi Turkiya elchixonasida, turk universitetlari vakillari yoki soha mutaxassislaridan iborat komissiya oldida o'tadi — o'zbek, turk, ingliz yoki rus tilida. Magistratura va doktorantura uchun faqat suhbat bo'ladi, bakalavr uchun esa qo'shimcha 30 ta matematika va 10 ta mantiq savolidan iborat test ham bor.

Agar men grantni yutolmasam nima bo'ladi?

Next Study orqali ariza topshirgan talabalar uchun bu xavf kamaytirilgan — tanlangan xizmat tarifiga ko'ra, grant natijasidan qat'i nazar Turkiyada talaba bo'lish imkoniyati kafolatlanadi (masalan, MULTI tarifida bir vaqtning o'zida yana 3 ta boshqa davlat grantiga ham ariza topshiriladi).

Next Study Türkiye Bursları arizasida qanday yordam beradi?

Next Study hujjatlarni tayyorlashdan niyat xati yozishgacha, suhbatga tayyorgarlikdan (jumladan o'tgan yili grant yutgan talaba bilan mock-suhbat) toki natija chiqqunga qadar to'liq hamrohlik qiladi. Xizmat STANDART, MULTI va VIP tariflarida taqdim etiladi.

Grant orqali bepul o'qishga tayyormisiz?

Next Study jamoasi Türkiye Bursları arizangizni boshidan oxirigacha kuzatib boradi — ro'yxatdan o'tishdan tortib, elchixonadagi suhbatgacha.

yoki qo'ng'iroq qiling: +998 20 022 11 33